***

Qo’shni ayol eriga shunaqangi baqirdiki, qo’rqib ketganimdan, men ham o’rnimdan turib, xonam pollarini artib, kirlarni yuva boshladim…

***

– Qaynonam oldida o’zimni baliqday xis qilaman.
– Bemalol tutaman o’zimni demoqchimisan, Dima?
– Yo’q, og’zimni ochib gapiraman deyman-u, gapirolmay ichimda qoladi…

***

Sharoitim og’ir bo’lgani sababli, kecha olgan Kaptivamni qo’yish uchun garaj qurishga yordam puli bersalaring.

Mahalla komitetiga arizadan…

***

– Biz o’zbeklar o’zimizga bekmiz. Biz hech kimdan kam bo’lmaganmiz va kam bo’lmaymiz ham. Bizda inson qadri birinchi o’rinda. Biz…
– Ko’p gapirmasdan ariqqa tush, yaramas…

***

Shuncha payt ishlatgan «sanon» printerim yangi lotin alfavitida bir kunda «janon»ga aylandi. Printerimam «jonon», fotoapparatimam «jonon».

Dima Qayum bisotidan