* * *
Besh yashar bolakay otasidan so’radi:
— Dada, ilonlar qanday gapiradi?
Ota sal narida o’tirgan qaynonasiga o’girilib dedi:
— Oyijon, nega jim o’tiribsiz? Javob bering! Bola qiziqyapti!
* * *
Qorong’ilikda bir kimsa o’tkinchiga yaqin kelib dedi:
— Chekishdan ber!
— Men bokschiman. Uch kun oldin chekmasligimni senga aytgandim.
— Uzr, sizni tanimabman. Boy bo’larkansiz.
* * *
Xotin eriga qo’ng’iroq qilib dedi:
— Kechiring, sizga ichketarga qarshi dori o’rniga asabni tinchlantiradiganini berib yuboribman. Ahvolingiz qalay?
— Nima desam ekan?.. Umuman… Odamlar orasiga kira olmayotgan bo’lsam ham juda xotirjamman.
* * *
Texas shtatidagi maktabda yong’in sodir bo’ldi. O’t o’chiruvchi hamkasbiga dedi:
— Men o’quvchilarni derazadan irg’itaman, sen ilib olaverasan!
— Xo’p!
Oradan bir necha o’n daqiqa o’tgach, o’t o’chiruvchi hamkasbidan so’radi:
— Nega negrlarni ilib olmayapsan?
— Ie, ular negrlarmidi? Men bo’lsam, kuyib ketgan o’quvchilar deb o’ylabman.
* * *
Erkak va ayol suhbatidan:
— Quyoncham, nonushta tayyorla!
— Xo’p bo’ladi, yo’lbarsim!
— Rahmat, mushukcham!
— Arzimaydi, arslonim!
— Sen juda go’zalsan, baliqcham!
— Xursandman, kuchukcham!
— To’xta, senam mening ismimni unutib qo’ydingmi nima balo?
* * *
Beshinchi sinfda o’qiydigan bolakay otasiga dedi:
— Dada, menga «Ayfon» olib bering!
— Sehrli so’zni bilasanmi?
— Bilaman.
— Ayt!
— Siz oyimdan bekitiqcha uchrashib yuradigan ayolning ismi Xojalxon.
— O’, shunaqami? Xo’sh, o’g’lim, «Ayfon» qora rangda bo’lsinmi yo oq rangdami? G’ilofiniyam qo’shib olaymi?
* * *
Tug’ruqxonada rus, nemis va juhud ayolining ko’zi yoridi. Ammo otalar qaysi bola kimnikiligini bilmay, hayron edi. Oxiri nemis bir qarorga kelib, bolalarga qaradi-da, dedi:
— Xay Gitler!
Chaqaloqlardan biri darrov unga qaradi. Rus esa o’ylab o’tirmay, yonidagisini qo’liga oldi. Juhud undan so’radi:
— Bu bola seniki, oxirgisi mening bolam ekanini qaydan bila qolding?
— Nemis «Xay Gitler» deganda, mening bolam mushtlarini tugdi, seniki bo’lsa ishtonini ho’l qildi.
* * *
Erkak do’stiga dedi:
— Itning odamga haqiqiy do’stligini, xotinidan ham mehribonligini kecha uchinchi marta ko’rdim. Qoyil qoldim!
— Ja opqochasan-da! Bo’lishi mumkinmas!
— Sen xotiningni alohida, itingni alohida xonaga qamab qo’y. Bir soatdan keyin eshiklarni och! Ana o’shanda seni ko’rib kim ko’proq quvonishini ko’rasan!
* * *
Er-xotin janjallashyapti.
Xotin:
— Yaramas, dangasa, bo’lmag’ur, hayvon! Ovqat yeyishga yebdi-yu, idishni yuvib qo’ymabdi!
Er asta xotiniga yaqinlashib, dedi:
— Yuvib qo’yardim, ammo tuyoqlarim xalal berdi!
* * *
Armandan so’rashdi:
— Aktimel nima?
— Aktimelmi? Bu yarim litr qatiqni bir litr bahosida pullash degani.
Olimjon HAYIT