Joriy yilning 20-22 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Bildirilishicha, 20-21 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
21-22 dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.