image0

Germaniyaning Shimoliy Reyn – Vestfaliya yeridagi Hamm shahrida joylashgan Ikkinchi jahon urushi davriga oid bunker majburiy auksionga qo‘yildi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bunkerning boshlang‘ich narxi – 1 yevro. Tarixiy binoda derazalar va isitish tizimi yo‘q. Bunkerni o‘rab turgan yer maydoni 770 kvadrat metrni tashkil etadi. Bunkerning o‘zi esa 914 kvadrat metr maydonga ega, “#5” deb nomlangan binoning temir-beton konstruksiyasi 1941 yilda qurilgan. Ushbu qorong‘i bino qalin devorlar bilan o‘ralgan. Bunday himoya inshootlari ko‘pchilik bo‘lib, majburiy mehnat yordamida qurilgan.

Germaniyada 2-Jahon urushi davridagi bunker auksionga qo‘yildi (foto)1

“Bunkerning egasi bu beton blokdan nima maqsadda foydalangani ma’lum emas. Bir qarashda uch qavatli bino juda yomon holatga kelib qolgan. Fasaddan zanglagan temir chiqib turadi. Kimdir “Tasavvur qiling, urush boshlandi, lekin hech kim unga bormadi”, deb yozgan va yoniga tinchlik belgisini chizgan.

Germaniyada 2-Jahon urushi davridagi bunker auksionga qo‘yildi (foto)2

Biroq og‘ir temir eshikni ochsangiz, ichkarida bino ajablanarli darajada yaxshi holatda ekanini ko‘rish mumkin. Fayansli xonalar deyarli bo‘sh, faqat bir nechta stul bor. Hatto devorlardagi oddiy lampalar hali ham ishlamoqda. Har bir qavatda hojatxona mavjud – uchta hojatxona bir joyda o‘rnatilgan”, deyiladi xabarda.

Germaniyada 2-Jahon urushi davridagi bunker auksionga qo‘yildi (foto)3

Mahalliy gazetaga ko‘ra, tayinlangan ekspert binoni rekonstruksiya qilish qimmatga tushishi mumkinligini aytgan.

Germaniyada 2-Jahon urushi davridagi bunker auksionga qo‘yildi (foto)4

Germaniyada 2-Jahon urushi davridagi bunker auksionga qo‘yildi (foto)5

Germaniyada 2-Jahon urushi davridagi bunker auksionga qo‘yildi (foto)6

Ma’lumot uchun, bunker 2004 yildan buyon qarzdorga tegishli.

“Hokimiyat qarzdor belgilangan mulk soliqlarini to‘lamagani sababli, unda ijro etish choralarini ko‘rmoqda”, deyiladi xabarda.