Nonni oziq-ovqat plyonkasiga o’rash yoki qorong’i, quruq va salqin joyda saqlash tavsiya etiladi.
Nonni muzlatkichda saqlash mumkin. Sovutkichning asosiy afzalligi — bu o’zgarishsiz doimiy harorat bo’lib, non mahsulotlarini biroz uzoqroq turishiga yordam beradi. Biroq non muzlatkichda namlik tufayli tezda mog’orlashi mumkin.
Agar non mahsulotlarini bir oydan ortiq saqlash kerak bo’lsa, muzlatkich yagona yo’lidir. Agar non mahsuloti juda katta bo’lsa, uni bo’laklarga bo’lib, keyin idishga solib, muzlatkichga qo’yish lozim. Ma’lum turdagi pishirilgan mahsulotlarning yog’ va oqsil tarkibiga qarab, muzlatilgan pishiriqlar uch oydan olti oygacha saqlanishi mumkin.
Izohlarni ko`rish