Shomurodov «Roma»ni tark etadimi?

«ProSports Management» agentligi vakili Qahhor Mo’minov o’zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning «Roma»dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib o’tdi.

«Transfer muddati paytida turli varinatlar va talqinlar paydo bo’lishi mumkin. Hozircha bitta narsani aytish mumkin: Eldor — «Roma» o’yinchisi. Qolgani matbuotda tarqalayotgan mish-mishlar.

Qandaydir o’zgarishlar bo’lishi mumkinmi? Men hech narsani istisno qilmagan bo’lardim», — dedid Shomurodovning agenti Metaratings.ru muxbiri bilan intervyuda.

Eslatib o’tamiz, Eldor Shomurodovning «Roma» bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.