Muhandislar samolyotdagi har bir vint diagnostikasini o’tkazib, muammo sababini topishadi.
1950 yilning boshlarida “De Havilland” — britaniya aviasozlik kompaniyasi haqiqiy aviatsiya mo»jizasi hisoblangan “Kometa” samolyotini ishlab chiqaradi. Biroq, bir yil o’tgach, u havoda parchalanib ketadi.
Bir necha oy o’tgach, yana ikkita samolyot bilan shunga o’xshash voqea sodir bo’ladi. Muhandislar samolyotdagi har bir vint diagnostikasini o’tkazib, muammo sababini topishadi.
Falokat sababi to’rtburchak shakldagi samolyot oynalarida edi. Gap shundaki, burchaklari katta vazn ostida bo’lgan oyna bosim kuchaygan parvoz paytida sina boshlaydi. Muhandislar deraza burchaklarini qirralab olib, oynalarni dumaloqlatish orqali muammoni hal qilishadi. Shundan so’ng parvoz qilish ancha xavfsizroq bo’lgan.