O'zbekistonlik kurashchi Muhsin Hisomiddinov Osiyo chempioni bo'ldi

Kecha Xitoyning Xanchjou shahrida kurash bo’yicha qit’a chempionati yakunlandi. Unda Muhsin Hisomiddinov oltin medalni qo’lga kiritdi.

Mutloq vazn toifasida 5 karra jahon chempioni, Osiyo o’yinlari g’olibi, 2 karra Osiyo chempioni Muhsin Hisomiddinov qirg’izistonlik Bekbolot Toktogonovni mag’lub etdi.

Kurash bo’yicha Jahon chempioni, Osiyo chempioni, 2022 yilda “Dunyoning eng yaxshi kurashchisi” deya e’tirof etilgan o’zbekistonlik Umid Esanov kumush medal bilan taqdirlandi.