Ronaldu Jorjina bilan bog'liq savolga javob berdi

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodriges bilan ajrashganligi haqidagi mish-mishlarga barham berdi.

38 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda qiz bilan birga tushgan suratini joylashtirdi.

Eslatib o’tamiz, Krishtianu va Jorjina uzoq vaqtdan beri munosabatlarda bo’lib kelgan. Shu bilan birga, ular rasman er-xotin emaslar.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 12 ta o’yin o’tkazib, 12 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning shartnomasi 2025 yilgacha mo’ljallangan.