Ommaviy axborot vositalari Hindistonning G’arbiy Bengal shtatida yashin urishi oqibatida 10 kishi halok bo’lgani, ko’plab kishilar jarohatlangani haqida xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, G’arbiy Bengal shtatining Bankura, Hyugli, G’arbiy Midnapur, Birbhum va Parganas shaharlarida kuchli jala yuz bergan va chaqmoq tufayli 10 kishi halok bo’lgan. Kuchli jala Kolkata shahrida suv toshqinlariga hamda poezdlar qatnovining izdan chiqishiga sabab bo’ldi.
Tabiat hodisalaridan hisoblanmish momaqaldiroqdan so’ng paydo bo’ladigan chaqmoq inson hayoti uchun jiddiy xavf ekani tan olinadi.
Ma’lumki, chaqmoq tufayli hosil bo’ladigan elektr kuchlanishi, ya’ni yashininson va hayvonlarga katta tahdid soladi. Ko’p hollarda yashin daraxt va temiryo’llarga o’rnatilgan transformator qurilmalari ustiga tushadi va yong’in keltirib chiqaradi. Baland daraxtlar yashinlarning asosiy nishonidir. Shu sababli yog’ingarchilik va momaqaldiroq vaqtida daraxtlar, ayniqsa, sayhonlikda turgan yolg’iz daraxtlar tagidan panoh topish xavfli. Shu bilan birga, daraxtlar binolarni yashin urushidan saqlovchi tabiiy moslama ekani tan olinadi. Binolar yaqiniga o’tqazilgan yashil daraxtlar yashinni qaytaradi. Shuni ta’kidlash kerakki, yashin urgan daraxtlardan yaxshi musiqa asboblari yasalishi ham sir emas.
Yashinning binolar ichiga kirishi aslo mumkin emas. Biroq yashin shari ochiq derazalar orqali uy ichiga ham kirishi mumkin, degan qarashlar mavjud. Yashin televizor va radio antennalari, telefon simlari uchun ham xavfli. Shu sabablimomaqaldiroq vaqtida uy telefonidan foydalanmaslik tavsiya qilinadi. Suv quvurlariga ham yaqinlashmaslik lozimligi aytiladi. Mutaxassislar momaqaldiroq vaqtida barcha elektr jihozlari o’chirilishi kerak, deyamaslahatberishadi.
Samolyotlarga keladigan bo’lsak, havo kemalari momaqaldiroqlar faolligi kuzatiladigan mintaqalardan parvoz qilmaslikka harakat qilinadi. To’g’ri, yo’lovchilar ziyon ko’rmaydi, biroq samolyotlarning tashqi qismiga ziyon yetishi, radioaloqa, navigatsiya qurilmalari va elektronikasini ishdan chiqarishi mumkin. 2010 yilning 14 avgustida Kolumbiya aviakompaniyasigna tegishli samolyotni qo’nish vaqtida yashin uradi. O’shanda 114 kishi jaroxat olib, bir kishi halok bo’lgan edi.
2011 yil 12 may kuni Londondagi Xitrouaeroportida «Emirates» aviakompaniyasiga tegishli Airbus A380ni yashin urdi. Hech kim ziyon ko’rmadi. 2015 yilning 7 aprelida Islandiya poytaxti Reykyavikdan AQShning Denver shahriga parvoz qilayotgan Icelandair aviakompaniyasiga tegishli samolyotni yashin urdi. Statistika ma’lumotlariga ko’ra, har yili momaqaldiroq vaqtida har bir samolyot bir necha bor yashin bilan to’qnashadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, zamonaviy Boeing, Airbus rusumli va harbiy samolyotlar elektr razryadlaridan himoya qilingan. Bu rusumdagi samolyotlar ob-havo qanday bo’lishidan qatiy nazar parvoz qilishimkoniyatlariga ega.
AQShning Virjiniya shtatida istiqomat qiluvchiRoy Sallivanni 7 marta yashin urgan. Shu sababli ham u Ginnessning rekordlar kitobigakiritilgan. Uni ilk bor 1942 yilning iyun oyida yashin urgan edi. Shundan keyin 1969 yilda, 1970 yilda, 1972 yilda, 1973 yilda, 1976 yilda va nihoyat 1977 yilning 25 iyunidayashin urdi. Barchasida yengil jaroxat oldi. So’nggisi esa ancha xavfli bo’ldi. Sallivan kasalxonga yotqizildi. Eng qizig’i, u o’z ajali bilan bu dunyodan ketar ekan, dafn marosimida kuchli momaqaldiroq kuzatildi. Yashin tushishi oqibatida qabr toshiikkiga bo’linib ketdi.
Amerikalik va angliyalik olimlar bir-birlaridan bexabar holda yashin urishi bilan bog’liq holatlarni o’rganishdi. Yashin asosan erkaklar ustiga tushishini aniqlashdi. Ingliz olimlarining fikricha, yashin urganlarning 85 foizini erkaklar tashkil qiladi. Amerikaliklar esa bu raqam 87 foiz deb aytishadi. Buning siri nimadaligi hamon aniqlanmagan.
Mutaxassislarning fikricha, har yili jahonda yashin urishidan, ayrim ma’lumotlarga ko’ra, 6 ming, boshqa ma’lumotlarga ko’ra, 24 ming kishi vafot etib, 240 mingga yaqin kishi jarohat oladi.Yer yuzida har soniyada 2 mingga yaqin momaqaldiroq bo’lib, 50 maratobayashin urish hodisasi ro’y beradi. Yer sharining har bir kvadrat metrigabir yilda olti martayashin tushar ekan.Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, 600 mingdan bir holatdagi
na yashin odamlar ustiga tushadi. Biroq yil sayin bu raqam ortib bormoqda ekan. Jabrdiydalarni xuddi tok urgandek bo’ladi. Ular hushini yo’qotib, qulab tushadi. Shaytonlash alomatlari kuzatiladi. Yurak urushi to’xtab qoladi.
Sharofiddin To’laganov, O’zAdan olindi