Xuddi shu xususda Xalqaro olimlar guruhi alohida tadqiqot olib bordi. Natija shunday bo’ldiki, chumoli donni yer ostidagi iniga olib kirgach, shunday qoldirmaydi. Donni ikkiga bo’lib qo’yadi. Ikkiga bo’lingan don shundan keyin zamin qanchalar unumdor bo’lmasin, unib chiqmaydi. Olimlar yana bir savolga javob izlashdi. Nima uchun kashnich donini chumoli ikkiga emas, to’rt bo’lakka bo’lib qo’yadi? Buning ham javobi topildi. Chumoli biladi. Kashnich doni ikkiga bo’lingan taqdirda ham baribir unib chiqaveradi. To’rt bo’lakka bo’linsa, bu xususiyatni yo’qotarkan. Ko’ring, Olloh shu oddiy chumoliga ham tafakkur bergan. Tafakkuri ko’magida jonivor o’z rizqi qiyilishiga yo’l qo’ymas ekan.

QISSADAN HISSA:

«Parvardigorimiz barcha narsaga o’z hilqatini — shaklini ato etib, so’ngra (uni) to’g’ri yo’lga solib qo’ygan zotdir».

(Toha surasi, 50 oyat)