Shifokorlarning fikricha, ulardan faqat bittasining yashab qolish imkoniyati mavjud.
Bu bolalar mamlakat poytaxti Sana shahrida yanvar oyida tug’ilgan.
Egizaklar Abdul-Holid va Abdul-Rahimlarning tanasi bitta bo’lgani bilan boshi ikkita.
Ular hayotlarining birinchi kunlarini inkubatorda, intensiv terapiya bo’limida o’tkazishdi. Shifokorlar go’daklar hayotini saqlab qolishga urinishmoqda, biroq samarali natijaga erishish uchun xorijga chiqish lozim.
Egizaklarning otasi 20 yoshli Akram Ali Ahmad hozircha bolalarini ajratishni istamayapti. U go’daklaridan birining o’limiga ham tayyor emas.
«Men ularning ikkalasining ham omon qolishlarini istayman. Mayli ular bir tanada bo’la qolsin. Men Ollohning irodasiga qarshi chiqmayman», — deya e’lon qilgan u.