AQShda birinchi marta sudga guvoh sifatida to’tiqush chaqirilmoqda. Mazkur chora Michigan shtatida istiqomat qiluvchi advokat Kristina Keller tomonidan ilgari surildi. Uning sobiq turmush o’rtog’i 45 yoshli Martin Dyuram o’tgan yilning may oyida o’z uyida o’lik holda topilgan edi. Mazkur qotillikda esa uning oxirgi xotini 48 yoshli Glenn Dyuram gumon qilinmoqda.
Mustaqil surishtiruv ishlarini olib borayotgan Kristina Keller sudga guvoh sifatida uy hayvoni – to’tiqush Badni taklif etmoqchi bo’lyapti. Chunki oxirgi oylar davomida to’tiqush ko’p marta “Yo’qol!», “Qaerga ketaman?”, “Otma!” kabi so’zlarni tilga olgan.
Endilikda prokurorlar to’tiqushning guvohligini qabul qilishadimi, yo’qmi – aniqlab olishlari kerak.
Izohlarni ko`rish