Nega ayollar erkaklarga nisbatan uzoq umr ko'radi?

Norvegiyalik tadqiqotchilar fikriga ko’ra, kundalik ro’zg’or ishlari erta o’lim xavfini kamaytirarkan. Bu haqda «Daily Mail» yozmoqda.

Oslo sport fanlari maktabining ekspertlari o’tkazgan tadqiqotda 36 ming kishi qatnashdi. Ularning barchasi — 40 yoshlilar va undan kattalar.

Bu ko’ngillilar ularning jismoniy faolligini qayd etib boruvchi maxsus qurilmalarni olti yil davomida taqib yurishdi. Ularni mehnatsevarligiga qarab to’rt guruhga ajratishdi. Olti yil o’tganidan keyin ularning hammasi boshdan-oyoq tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

Aniqlanishicha, eng dangasalar — eng ko’p xavf ostida, salomatlik bilan bog’liq biron-bir xuruj, qon quyilishidan o’lim topish ehtimoli ularda ancha yuqori.

Yuqoridagi guruhdan atigi 5 daqiqa faolroq bo’lgan keyingi guruhda jismoniy holat 52 foizga yuqoriroq ekani ma’lum bo’ldi.

Bulardan ham faolroq uchinchi guruhdagilarda esa erta o’lim topish xavfi 66 foizga past ekan.

Va nihoyat, eng tetik va harakatchan insonlarda erta o’lim xavfi 73 foiz past. Bular asosan kuniga o’rtacha besh soatgacha yengil jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchi insonlar, masalan, uy bekalari.

Gap bu yerda sport zalidagi mashg’ulotlar yoki gimnastika haqida ketmayapti, istalgan jismoniy faolik muhim: ko’proq piyoda yurish, uyni yig’ishtirish, idish-tovoqlarni yuvish, ovqat tayyorlash — xullas, bir joyda o’tirishdan tashqari, harakatlanish bilan bog’liq barcha ishlar.

Darvoqe, olimlar shuni ham hisoblab chiqishdi, kuniga 9,5 soat bir joyda o’tirib ishlash — yosh o’lib ketish ehtimolini ikki baravarga  oshirarkan.

xabar.uz