KUN HANGOMASI…

 

 

* * *

 

Qurol-aslaha do’konida.

— Menga 45 kalibrli to’pponcha bering!

— Xonim, sizga to’pponcha himoyalanish uchun kerakmi?

— Yo’q, himoyalanish uchun men advokat yollayman.

 

* * *

 

— Oyi, agar bir soat jim o’tirsam, bitta iltimosimni bajarishga va’da bergandingiz.

— Ha.

— Endi kechgacha baqirsam maylimi?

 

* * *

 

— Do’xtir, menga ovqatlanishni ta’qiqlagandingiz, mana, oqibatda shamolladim.

— Qanaqasiga?

— Tuni bilan muzlatkichning eshigini ochib qo’yib ichidagilarga tikilib chiqdim.

 

* * *

 

G’oz qahvaxonaga kirib tort va qahva oldi. Stol ustiga qo’yib, qanotlarini chayib kelish uchun tashqariga chiqdi. Qaytib kirsa, qahva yo’q. Ovozining boricha baqirdi:

— Kim mening qahvamni ichdi?

Jimlik.

— Kim mening qahvamni ichdi.

Shunda baland bo’yli yovvoyi cho’chqa o’rnidan turdi.

— Men ichdim. Nimaydi?

— Tortniyam yeb qo’ya qolmabsiz-da, brat!

 

* * *

 

Yovvoyi cho’chqani o’rmon tergovchisi etib tayinlashdi. U bir kuni Tulkini kabinetga olib kirib so’roq qila boshladi:

— Ustingdagi kimning yungi?

— O’zimniki.

— Yo’q, o’g’irlagansan, o’g’irlagansan!

Tulki turmaga jo’natildi. Zerikib o’tirsa, kameraga g’oz kirib keldi.

— G’oz, seni nima uchun qamashdi?

— E, yovvoyi cho’chqa: «Har yili qaysi daromad evaziga janubga uchasan?» deyaverib bezor qildi.

 

* * *

 

Cho’chqa va g’oz turmada o’tirishardi. G’oz qo’rqa-pisa so’radi:

— Cho’chqa, bu yerda ayovsiz kaltaklashsa kerak-a?

Shu payt kamera eshigi ochilib tuya kirib keldi va cho’chqa dedi:

— Ko’rdingmi, bechora otni qay ahvolga solib qo’yishibdi yaramaslar!?.

 

* * *

 

G’oz o’rmonda ketayotgandi, yastanib yotgan bo’rini ko’rib qoldi.

— Ha, bo’rivoy aka, dam olayapsizmi?

— Yo’q, g’oz, qopqonga tushib qoldim.

— Bu kuningdan battar bo’lgin, itvachcha!

 

* * *

 

Bo’ri avtobusda chiptachi bo’lib ishlardi. G’ozga yaqin kelib so’radi:

— Chiptangiz bormi?

— Chiptam bormi?

— Sizdan so’rayapman. Chiptangiz bormi?

— Chiptam bormi?

— Nima, jinnimisiz?

— Siz-chi? Do’xtirmisiz?

 

* * *

 

Poezd kupesida gruzin qo’shni ayolga savol tashladi:

— Turmushga chiqqanmisiz, xonim?

— Ha.

— Bolalaringiz ham bormi?

— Ha, o’g’lim 23 yoshda.

— Xayrli tun!

 

* * *

 

Bir yigit qishloqdan shaharga ko’chib o’tdi va tez orada o’ziga jazman topdi. Ayol o’ninchi qavatda yashardi. Bir kuni gaplashib o’tirishgandi, eshik taqillab qoldi. Ayol:

— Tez shkafga berkining, erim keldi!

Yigit:

— Shkafga berkinib nima qilaman? Tomorqa aylanib qocha qolay!