Qozog’iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi va kuyovi Germaniyada qiymati 100 mln yevrodan ortiq ko’chmas mulklarga egalik qiladi, deb xabar berdi Deutsche Welle.
Nashrning yozishicha, Dinara va Timur Kulibayevlar bu mamlakatdagi to’rtta hashamatli ob’yektni sotib olgan.
Baden-Baden kurortida joylashgan Zeelax qo’rg’oni ularga tegishli hisoblanadi. Bu yer XIX asrda rus diplomati Mixail Xreptovichning qarorgohi bo’lgan. Shuningdek, ikkita tarixiy yodgorlik: arxitektor Gustav Shtroning villasi va Byulerxee qal’a-mehmonxonasi ham Kulibayevlarga tegishli.
Nashrning ma’lumot berishicha, saroy hududida landshaft parki, fontanlar, ming kvadrat metrli spa-zona mavjud.
Izohlarni ko`rish