14 dekabr kuni taxminan soat 10.00larda Namangan shahrida yana gumburlash ovozi eshitilgandi. Bu ovoz nafaqat shaharda, balki ayrim tumanlarda ham eshitilgan va aholi tashvishga tushib qolgan.Bu haqda xabar bergan edik.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i B.Ashurovning barcha tumanlardagi bo’linmalar, ichki ishlar, yong’in xavfsizligi, gidrometeorologiya, seysmologiya xizmatlariga asoslanib xabar qilishicha, viloyat hududida hech qanday portlash yoki tabiat hodisasi ro’y bermagan. Shuningdek, boshqarma navbatchilik qismiga ham fuqarolardan favqulodda holat haqida murojaat kelib tushmagan. Ovozning manbasi hozircha noma’lum.
Uni aniqlash bo’yicha o’rganishlar olib borilmoqda. Sababi aniqlansa, albatta ma’lum qilinadi.
Izohlarni ko`rish