Nahotki? BAAda ikkinchi ayolga uylanmoqchi bo'lgan erkaklarga nafaqa ajratiladi

BAA infrastrukturasining rivojlantirish vaziri Abdulloh Bilxayf Al Nuaymi aytishicha, ikkinchi ayolni nikohiga olmoqchi bo’lgan dubaylik erkaklarga vazirlik uy-joy nafaqasini ajratishga qaror qildi.

«Ikkinchi ayol ham xuddi birinchisidek ta’minlangan bo’lishi kerak» deb aytdi janob vazir. Milliy kengash a’zolarining fikriga ko’ra, mazkur qaror mamlakatdagi turmushga chiqmagan ayollar muammosini yechishga ko’maklashadi. «Agar vazirlik erkak kishiga uy-joyini kengaytirishi uchun imkoniyat bersa, u ikkinchi ayolga uylanishni tezlatadi. Shu tariqa tul ayollar masalasi hal bo’ladi» deydi Milliy kengash a’zosi Hamad Al Raxumiy. Mutassadilarning fikricha, BAA dagi uy-joy narxi qimmatligi bois, erkaklar bittadan ko’proq xotin olishni orqaga surmoqda.

Manba: Info.islom.uz