Mustafa Kemal Ataturk (1881-1938) Turkish army officer and revolutionary. Founder and first President of the Turkish Republic 1923-1938. Served in the Ottoman until his resignation in July 1919. Ttatesman
Mustafo Kamoldan so’rashdi:
Agar jumhuriyat prezidenti bo’lmaganingizda kim bo’lar edingiz ? Mustafo Kamol o’ylamasdan turib dedi: Tarbiya vaziri bo’lar edim !
Otaturk ana shunday fikrlar edi. U o’zining istaklariga mos avlodni tarbiya qilishni istadi. U turk yoshlarini nima qilsa qildi. Ammo uning urinishlari besamar ketdi.
Tarbiya vaziri…
U oshpazga o’xshaydi. U yo ovqatni zaharlab seni o’ldiradi. Yoki shirin ovqat tayyorlab sening sog’lig’ing va ofiyatingga sabab bo’ladi.
Tarbiya vaziri…
U muhandisga o’xshaydi. U yo yosh avlodni buzib yo’q qilib tashlaydi. Yoki uni uyg’otib shu bilan birga millatni ham uyg’otadi. Shuning uchun hukumat va nizomlar bu «mansab» ga ma’lum me’yorlar asosida tanlangan kishilarni qo’yishadi. Tarbiya vazirining siri va uning millat taqdirida tutgan o’rniga misol qilib Yaponiya, Singapur, Olmoniya va Finlandiya davlatlarini keltirishimiz mumkin. Bu vazirlikning yomon ta’sirini esa ko’pgina arab va musulmon davlatlarida kuzatishingiz mumkin. Ko’z oldimga 1980-yil bolalari va 2020-yil bolalarini keltiraman. Hozirgi bolalarning aksariyatidan: «Rossiyaning poytaxti qaysi shahar ?», deb so’rasangiz hech ikkilanmay: «Amerika», deyishadi.
Bugungi avlod atayin savodsizlantirilganday tuyuladi menga doim. Afsus…