Mashhur reper Tommi Kesh dunyodagi eng uzun poyabzalni ishlab chiqardi

Estoniyalik mashhur reper Tommi Kesh «Adidas» bilan hamkorlik qilib, dunyodagi eng uzun poyabzalni ishlab chiqardi. G’ayrioddiy yangi oyoq kiyimlarni 29 yoshli ijrochi o’zining Instagram sahifasida ko’rsatdi.

Poyabzal turli rangdagi ikkita krossovkadan iborat – oq va qora, shuningdek, juda uzun.

Reperning ta’kidlashicha, poyabzal har doim bir-biri bilan kurashadigan qarama-qarshilikni o’zida aks ettiradi.