Asalari uyasida qancha asalari bo'lishini bilasizmi?

Asalari uyasida 20 mingdan 60 minggacha (ba’zi manbalarda 80 minggacha) asalari bo’lishi mumkin. Uyada uch xil asalari mavjud bo’ladi: qirolicha, yuzlab ishlamaydigan erkak asalarilar va o’n minglab ishchi – urg’ochi asalarilar.

Qirolicha odatda 3-5 yil umr ko’radi. Uning asosiy vazifasi – tuxum qo’yish. Aprel va may oylarida qirolicha ertayu kech tuxum qo’yadi. Bitta tuxum qo’yish uchun 20 sekund atrofida vaqt kifoya bo’lib, bir kunda 1500-2000 atrofida tuxum qo’yadi

«Hordiq plyus» gazetasi endi telefoningizda! Marhamat, ochib o’qing!