* * *

Sirk direktori militsiyaga qo’ng’iroq qilib dedi:

— Filimiz qochib ketdi! Iltimos, topishda yordam bering!

— Asosiy belgilarini ayting!

* * *

Er-xotin janjallashyapti:

— Siz mening qonimni ichyapsiz!

— Nima? Men-a? Yo’q, sen mening qonimni ichyapsan!

Shu payt divanda qo’g’irchoq o’ynab o’tirgan to’rt yashar qizaloq dedi:

— Oyi, dada, sizlar vampirmisiz?

* * *

To’rt yoshli qiz onasidan so’radi:

— Oyi, mashina nima yeydi?

— Benzin.

— Nima ichadi?

— Benzin.

— Uf-f, xuddi bog’chadagiga o’xsharkan! Har kuni bo’tqa, bo’tqa!..

* * *

Ayol qo’shni ayoldan so’radi:

— O’rgilay, siz pishloqni yaxshi ko’rasizmi?

— Yo’q.

Ayol lab burgancha xayolan dedi:

«Kalamush pishloqni yomon ko’rishini birinchi ko’rishim…»

* * *

Telefon jiringladi. Go’shakni Eshmatning onasi ko’tardi.

— Kim bu?

— Men Eshmatning do’stiman! Eshmat qaerda?

Ona zarda aralash javob qildi:

— Katta xolasinikida.

— Qachon qaytadi?

* * *

— Uch kompyuterchi hamkorlikda tijorat bilan shug’ullana oladimi?

— Ha.

— Qanday qilib?

— Biri virus yaratadi, ikkinchisi antivirus o’ylab topadi.

— Uchinchisi-chi?

— Uchinchisi virus va antivirus bemalol ishlashi uchun yangi operativ tizim yaratadi.

* * *

Uzoq vaqt sukunat. Kutilmaganda suxandonning ovozi eshitildi:

— Siz «Buyuk soqov» nomli radiopyesani tingladingiz!

* * *

Teleboshlovchi dedi:

— Orifleym» firmasi mana o’n yildirki ayollarimizga sog’liq, go’zallik, ±shlik ulashib kelyapti… Baribir foydasi bo’lmayapti…

* * *

Uch kecha-uch kunduz Oloviddin sehrli chiroqni artib chiqdi. Faqat… «Made in China» degan yozuvni ko’rgachgina, chiroq artishni bas qildi. (zamonaviy ertakdan)

* * *

Olti yashar qizaloq Qorboboga xat yozgani, xatida oyisiga norkali palto, o’ziga kompyuter sovg’a qilishini so’ragani haqida uyidagilarga ma’lum qildi…

Sal o’tmay, Qorbobo choyga tiqilib qoldi…

* * *

Xotin eriga dedi:

— Keling, «taksi-taksi» o’ynaymiz! Siz taksi haydovchisi bo’lasiz, men o’n sakkiz yashar qizaloq bo’laman. Men taksingizda manzilimga yetvolaman-u, pulim yo’qligini aytaman. Shunda sizning qanday yo’l tutishingizni, nima deyishingizni ko’raman! Agar yutsangiz… Aytganingiz bo’ladi!..

— Bo’pti.

Xotin:

— Haydovchi og’a, taksingizga to’lash uchun pulim yo’g’idi. Iltimos, meni qo’yvora qoli-ing!

Er qovog’ini uyib dedi:

— Ketaver, qizaloq!

Olimjon HAYIT tayyorladi