Misrda gumanoid qiyofasidagi mo'miyolangan jasad topildi…

 

Misrda ish olib borayotgan arxeolog olimlar tog’ cho’qqisida g’alatomuz mo’miyolar to’plamini topishdi. Ularning barchasi toshdan bunyod etilgan polda qatorlashib yotardi. Bu ham mayli. Mo’miyolar orasidagi bir jasad o’zga sayyoralik qiyofasidaligi olimlarni sergak torttirdi. Bu qiyofadagi jasad ham boshqalari kabi ikki yarim ming yil oldin dafn etilgan va juda yaxshi saqlanib qolgandi.

Olimlar oldiniga hayron bo’lishdi. Negaki, qadimiy misrliklar o’z yaqinlari jasadini mo’miyolash asnosida ularning asl qiyofasini saqlab qolishgan. Bu jasad egasi nega gumanoid qiyofasida?..

Qisqa vaqt olib borilgan tekshiruvlardan so’ng olimlar bir to’xtamga kelishdi. Ha, bundan ikki yarim ming yil oldin misrliklar o’zga sayyoraliklar bilan aloqada bo’lgan. Demak, misrliklarga ulkan ehromlarni o’sha gumanoidlar meros qilib qoldirishgan.

To’g’ri, misrlik arxeologlar garchi bir to’xtamga kelgan bo’lishsa-da, baribir yana qaytadan mo’miyolangan jasadni chuqurroq o’rganib chiqishadi. Kim bilsin? Balki adashishayotgandir? Buni albatta yaqin kelajak ko’rsatadi.