Er-xotin birgalashib hayvonot bog’iga borishdi. U yerda o’z jufti bilan o’ynashib turgan maymunga ko’zlari tushdi. Xotin eriga qarab shunday dedi: “Ey dadasi! Qarang bu romantik muhabbatning nishonasini!”
Qora qafasning oldiga kelishganda, uning ichida sherni ko’rishdi. U esa urg’ochisidan ozgina nariroqda jim turardi. Xotin hissiyotga berilib, yana eriga shunday dedi: “Ey dadasi! Qarang bu shunchaki e’tiborsiz muhabbatning nishonasini!”.
Eri ayoliga dedi: “Qo’lingdagi bo’sh suv idishni urg’ochi sherga uloqtir-da, nima bo’lishiga e’tibor ber!” Ayol qo’lidagi idishni urg’ochi sher tomon uloqtirgan paytda, sher hayajonlandi va uni himoya qilish uchun bor ovozi bilan qattiq baqirdi. Ikkovlon maymunlar qafasi oldiga borib, bo’sh suv idishni uloqtirishganda, erkak maymun urg’ochisini qoldirib, bo’sh shisha yetmaydigan masofaga qocha ketdi.
Er xotiniga qarab shunday dedi: “Qarshingdagi insonlar namoyish qilgan narsaga aldanma. Hayotda shunday insonlar borki, soxta hissiyoti bilan insonlarni aldaydi. Yana o’z hissiyotlari ila qalblari ichidagi yashirin muhabbatlari bilan insonlarni himoya qildiganlari ham bordir”.
Niginabonu Ahmedova