Meksikaning Oaxaka shtati, San-Djastino-Amilpas shahrida bir qancha ayollar daraxtlar bilan ramziy ma’noda nikoh tuzishdi, deya xabar berdi, lenta.ru nashri.
Marosim Perulik aktyor va faol ekolog Richard Torres tashabbusi bilan yakshanba kuni o’tkazildi. Oq libos kiygan kelinlar daraxtlarni quchoqlab, ularga sodiq bo’lishga qasamyod qilib, osmonga guldastalarni otishdi.
Inklar urf odati bo’yicha o’tkazilgan ramziy nikoh orqali faollar Meksikaning janubi-g’arbiy qismidagi o’rmonlarni noqonuniy ravishda kesilishiga qarshi ommaning diqqatini tortishga umid qilishmoqda.
2017 yilning dekabr oyida Richard Torres Peruda xam shu kabi marosim o’tkazgan edi. Torres shu yo’l bilan minglab daraxtlarni qutqarishga umid qilayotganini ta’kidlagan.
manba: darakchi.uz