* U o’z fikrlari bilan qoladi. U muhim voqea yoki kashfiyot, avvalo, insonning botinida yuzaga kelishini tushunadi.
* Aqlli inson sezgida, fikrlashda aniqlikka intiladi. U yaxlitlik mayda detallardan tuzilganligini fahmlaydi, shuning uchun ikir-chikirlarga e’tiborli.
* Aqlsiz odam esa arang boshlaganda, o’rtarog’ida yoki tugatay deganda to’xtab qoladi: «Balki, bajarmaslik kerakdir, ehtimol, hech kimga foydasi yo’qdir».
* Aqlli odam muayayn masalani yechish uchun keraksiz faktlar va ma’lumotlar bilan miyasini to’ldirmaydi. Dunyoni o’rganar ekan, eng avvalo, hodisalar, narsa-buyumlar o’rtasidagi sabab-oqibatni fahmlashga urinadi.
«Hordiq plyus» gazetasidan
Izohlarni ko`rish