Mashhur brend nomlaridagi raqamlar nimani bildirishini bilasizmi?

7 Up, Chanel №5, Porsche 911 – bu brendlarni bilmagan odam bo’lmasa kerak. Ammo nima uchun brend nomlarida aynan “№5” yoki “911” raqamlari aks etgan. Ushbu maqolada bunga javob topishingiz mumkin.

Chanel №5

Mashhur brend nomlaridagi raqamlar nimani bildirishini bilasizmi?

Chanel brendining asoschisi Koko Shanel xonim parfyumer texnologi Ernest Bo tomonidan tayyorlangan iforlarning beshinchisini afzal bilib, uni tanlagan. Atirlarning rasmiy chiqarilish sanasi ham 05.05.1921 yilga to’g’ri kelgan.

Heinz 57

Mashhur brend nomlaridagi raqamlar nimani bildirishini bilasizmi?

Heinz kompaniyasi mingdan ortiq turli mahsulotlar chiqarishiga qaramay “57 xil” nomi bilan ataladi. Nima uchun? Gap shundaki, kunlarning birida Genri Hayns kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni birma-bir sanab chiqayotgan edi. Mahsulotlar soni 60 tadan oshganiga qaramay, 57 sonini juda yoqtirib qoldi. Uning nazarida bu son mo’jizaviy hususiyatga ega edi, ayniqsa 7 raqami noyob ruhiy joziba bahsh etar edi.

Porsche 911

Mashhur brend nomlaridagi raqamlar nimani bildirishini bilasizmi?

Porsche 911 dunyodagi eng muhim avtomobillardan biri hisoblanadi. Nima uchun aynan 911 sonlari bilan ataladi?

Dastlab avtomobil Porsche 901, deb nomlanishi kerak edi, biroq Peugeot kompaniyasi o’rtasida 0 bo’lgan uch xonali raqamning mualliflik huquqiga ega ekanligini ma’lum qilib, bu nomni almashtirishga majbur qildi. Shuning uchun 0 ni 1 ga almashtirishgan.

7 Up

Mashhur brend nomlaridagi raqamlar nimani bildirishini bilasizmi?

Ichimlikning bunday atalishiga sabab nima? 7 Up ning Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi distribyutori bo’lmish Britvic kompaniyasining ta’kidlashicha, ushbu brend ichimlikning 7 ta asosiy tarkibiy qismlari sharafiga shunday atalgan. Ushbu ichimlik 1929 yilda chiqarila boshlagan, uning dastlabki nomi – “Bib-label Lithiated Lemon Laym Soda”. Bu uzun nomning aytilishi juda qiyin bo’lgan, shuning uchun uni soddalashtirishga qaror qilingan.

Boeing 747

Mashhur brend nomlaridagi raqamlar nimani bildirishini bilasizmi?

Nima uchun bu samolyotga 747 raqami berilgan? Ikkinchi jahon urushidan keyin samolyotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya o’z muhandislik departamentlarini turli xil raqamlangan bo’limlarga bo’lib tashlagan: 300 va 400 – samolyotlar uchun, 500 – gaz turbinali dvigatellar uchun, 600 – raketalar uchun, 700 – reaktiv yo’lovchi samolyotlar uchun.

loading…