Markus laqabli mashhur yovvoyi cho'chqa-ekstrasens futbol bo'yicha Rossiyada start olgan jahon chempionati yarim finalchilarini aniqlab berdi…

Buning uchun cho’chqaning oldiga 32 dona olma va chempionatda ishtirok etayotgan terma jamoalar bayroqlarini joylashtirishdi. Markus shularning to’rttasini tanladi.

Demak, Markusning bashoratiga ko’ra, chempionat yarim finaliga Argentina, Belgiya, Urugvay va Nigeriya chiqarkan.

Cho’chqaning egasi Julyetta Stivensning ishonch bilan aytishicha, Markus hech qachon noto’g’ri bashorat qilmagan. U 2014 yilgi jahon chempionati g’olibini ham to’g’ri bashorat qila olgan. Bundan tashqari, Uimbldon g’olibini, Breksitni hamda AQSh prezidentligi uchun kechgan saylovlardagi Donald Tramp g’alabasini ham to’g’ri topgan.