Moskvada maktab o’quvchisi onasi uni uxlashga yotqizmoqchi bo’lganidan keyin politsiyaga qo’ng’iroq qildi.
Bu haqda Telegramdagi “LifeShot” kanali xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, kechqurun 13 yoshli o’spirin va uning onasi o’rtasida janjal kelib chiqqan, shundan so’ng o’smir politsiyaga qo’ng’iroq qilgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari otryadi esa voqea joyiga darhol yetib kelgan.
Ayolning aytishicha, bolasi uxlashga yotishdan bosh tortgan, shuningdek, bayramona dasturxon yozishiga xalaqit bergan.
Politsiya hodisa joyidayoq chora ko’rib, ona va o’g’ilni yarashtirgan.
Izohlarni ko`rish