«2021 yilda Uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin»

Publitsist va teleboshlovchi Anatoliy Vasserman o’z REN TVga bergan intervyusida 2021 yilga mo’ljallangan prognoz berdi.

Uning ta’kidlashicha, 2020 yil koronavirus «nishoni» bilan o’tdi. Shunday holat 2021 yilda ham bo’ladi. “Dunyodagi eng yirik farmatsevtika hududlaridan biri bo’lgan Hindiston vaksinalarini ishlab chiqarish litsenziyasi uchun haq pul bilan emas, balki tayyor mahsulotlar bilan to’lanadi. Agar shunday bo’lsa, Rossiya Federatsiyasida karantinni kuz boshiga qadar yengish mumkin bo’ladi «, – dedi u.

Vassermaning fikriga ko’ra, butun dunyo bo’yicha emlash qariyb uch yil davom etadi.

Shuningdek, u prezidentlik saylovidan keyingi AQShdagi vaziyat yuzasidan ham fikr bildirdi. Uning fikricha, 2021 yilda AQSh va Turkiyaning harakatlariga e’tibor qarash kerak, chunki Uchinchi jahon urushi “bunyod etilmoqda”. Vaqtida oldi olinmasa, 2021 yilda dunyo yana bir katta urushga giriftor bo’ladi.