Yaponiyadagi kimoshdi savdosida tunes balig'i 202 ming dollarga sotildi

Tokioda bo’lib o’tgan baliq mahsulotlari kimoshdi savdosida moviy tunes balig’i 20,84 mln ienga (202,5 ming dollarga yaqin) sotildi.

NHK teleradiokompaniyasining xabar berishicha, baliqning vazni 208 kiloni tashkil etgan.

2020 yilda o’tkazilgan kimoshdi savdosida og’irligi 276 kilo bo’lgan moviy tunes 193,2 mln ienga (1,8 mln dollar), 2019 yilda esa 278 kilolik baliq 333,6 mln ienga (3,2 mln dollar) sotilgandi.

Narx tushib ketishiga koronavirus pandemiyasi sabab bo’lgani aytilmoqda.

Kimoshdi savdosi 2018 yilda ochilgan Toesu baliq bozorida o’tkazib kelinadi.