«Laboratorii Kasperskogo» ekspertlari shimoliy koreyalik Andariel kiberguruhining yangi hujumini aniqlagan. Ushbu guruh mashhur Lazarus tarkibiga kiradi. Ular eng ommalashgan DTrack dasturiy ta’minot modifikatsiyasidan hamda Maui yangi tovlamachi-dasturdan foydalanishmoqda.
Ularning nishoniga aylanganlar Rossiya, AQSh, Hindiston, Vyetnam va Yaponiyadagi yirik tashkilotlardir. Andariel ma’lum bir kompaniya bilan cheklanib qolmaydi, muhimi u nishonga olgan tashkilotning moliyaviy ahvoli mustahkam bo’lsin», – deydi «Laboratorii Kasperskogo» mutaxassislari.
Aniqlik kiritilishicha, kiberguruh kamida 10 yildan buyon faoliyat olib boradi, 2022 yilda u o’zining imkoniyatlarini dasturiy ta’minotlar va hujum qilish geografiyasini kengaytirish bilan kuchaytirishda davom etgan. Jinoyatchilar hujum uyushtirganda DTrack dasturidan foydalanmoqda.
«DTrack tizim va brauzer tarixi haqidagi ma’lumotlarni Windows buyrug’i bilan to’plab boradi. Jinoyatchilar hujum qilishdan avval nishondagi tarmoqlarda uzoq oylar davomida bo’lishi mumkin», – deya izoh beradi ekspertlar.
«Laboratorii Kasperskogo» ekspertlarining ta’kidlashicha, kompaniya Andariel kiberguruhining harakatlarini ko’p yillardan buyon kuzatib bormoqda. Ularning aytishicha, xakerlik hujumlari doim o’zgarib turadi va yanada murakkab bo’lib bormoqda.
«Masalan, guruh tovlamachi dasturiy ta’minotni dunyo bo’yicha tarqatmoqda. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, guruh a’zolari uchun pul hamon asosiy maqsad bo’lib qolmoqda», – deyiladi «Laboratorii Kasperskogo» matbuot xizmati tarqatgan xabarda.