Shifokor Nozima O’rinova:
Erta tongda kayfiyat buzilish holatlari ko’p hollarda kuzatiladi, bu nafaqat o’zimiz balki atrofdagilar sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, bugun kayfiyat ko’tarish usullari haqida gaplashamiz!
1. Sevimli musiqangizni tinglang, u depressiyadan uzoqlashtiradi.
2. Agar imkoningiz bo’lsa komediya filmlar ko’ring, bu noxush fikrlarni ijobiy tomonga o’zgartirishga ko’maklashadi.
3. Istaklarni amalga oshiring, o’zingizni shokolad yoki mazzali shirinlik bilan siylang.
4. Tabiatdan bahramand bo’ling, baland daraxtlar soyasi ostida yolg’iz qolish tinchlanish uchun qulay joy.
5. Sevimli mashg’ulotingiz bilan chalg’ing.
6. Yaqinlaringiz suratlarini tomosha qiling, bu ko’nglingizni ko’tarib eski xotiralarni jonlantiradi.
7. Imkoni bo’lsa miriqib uxlang. Ba’zan kayfiyatni ko’tarish uchun miriqib uxlash yetarli bo’ladi.
Asosiysi pozitiv bo’ling, faqat yaxshi fikrlar, orzular haqida o’ylang, hayot davom etmoqda, umrimizni mazmunli o’tkazaylik.