Kuyov tanlash marosimi

Yiliga bir marta, kuzda, Fula ko’chmanchilari Gerovol bayramiga yig’ilishadi. Ushbu bayram Nigeriya, Mali, Chad, Kamerun mamlakatlarning hududlarida o’tkaziladi. Bayramning asosiy maqsadi — qizlarning o’zlariga mos qayliq tanlashi. Marosimlar tugagandan so’ng barcha oilali bo’lganlar o’z qishloqlariga jo’nab ketishadi. Ko’proq ayollar tug’ilganligi sababli erkaklar bayramga juda katta tayyorgarlik bilan, bezatilgan holda kelishadi — kiyim-kechak, zargarlik buyumlari shular jumlasidandir. Ular bunday marosimga bir necha yildan beri tayyorgarlik ko’rishgan! Masalan, bolaligidanoq o’g’il bolalar qizlarni avrash bilan shug’ullanishadi.

Kuyov tanlash marosimi

Ko’plab yigitlar xotin olishga da’vogarlar yig’ilgandan so’ng saf tortib qo’shiqlar kuylashni, raqsga tushishni boshlaydilar. Bu harakat ba’zan uch kun davom etadi. Cheksiz! To qiz kelib yigitni qo’lidan ushlab olguncha davom etaveradi.
Ammo bu urf-odatlarda hamma narsa shunchalik oddiy emas. Bu qabilada matriarxiya (ayol hukmron) hukmronlik qiladi va er tanlagandan so’ng, qiz birinchi kechada o’sha yigit bilan birga yotishga haqli. Agar yigit ma’qul kelsa, yigitni yoqtirsa, qiz uni rasman “erim” deb e’lon qiladi. Aks holda, kuyov quvib yuboriladi. Birinchi kechadan keyin tug’ilgan bola onada qoladi va uning boyligi deb hisoblanadi.

Kuyov tanlash marosimi

Agar erkak oilaga qabul qilinsa, qiz uchun qaynotasiga tovon to’lashi kerak. Odatda, bu to’lov chorva mollari bo’ladi. Chaddagi barcha ko’chmanchilar hayoti ularning chorva mollari (qo’ylar, tuyalar) atrofida kechadi. Agar yosh kuyovning chorvasi va puli bo’lmasa, u bir necha yil davomida, xotini haqqini to’laguncha, qizning otasining-qaynotasining quliga aylanadi.

G’alati…

Manba: etnosuz