1. Agar itlar shokolad yesa, bu ularning o’limiga sabab bo’lishi mumkin ekan.
2. Ko’zingizning hajmi hozir qanday bo’lsa, tug’ilganingizda ham shunday bo’lgan. Chunki burun va quloq o’sishdan to’xtamas, ko’zlar esa o’smas ekan.
3. Xitoyda ingliz tilida gapiruvchilar AQSh aholisidan ko’proq ekan.
4. Biz qog’oz pul deb ataydigan pullar qog’ozdan emas, aslida paxtadan ishlab chiqarilar ekan.
5. Piyoz to’g’rash paytida saqich chaynash ko’z yoshlanishining oldini olar ekan.
6. Ketchup 18 asrda dori sifatida ishlatilgan ekan.
7. Dunyodagi tovuqlar soni odamlar sonidan ko’proq ekan.
8. Kapalaklarda ta’m bilish sezgisi ikki oyog’ida joylashgan ekan.
9. Agar chumolilar zaharlanib qolsa, yerga o’ng tarafi bilan yiqilar ekan.
10. Shilliqurt uch yil uxlashi mumkin ekan.
11. Itlarda o’n xil, mushuklarda esa yuzdan ortiq turdagi ovoz bor ekan.
12. Shimoliy qutb ayiqlari chapaqay bo’lar ekan.
13. Ayollar ko’zlarini erkaklarga nisbatan bir necha barobar ko’proq yumib-ochishar ekan.
14. Shilliqurt daraxt barglarini tili vositasida yer ekan. Uning tishlari soni 25 mingtagacha yetishi mumkin.
15. Yerda yashaydigan ba’zi qurtlarning ko’zi bo’lmas ekan.
16. Boyo’g’li boshini doira shaklida aylantira olar ekan.
17. Inson vafot etayotganda birinchi bo’lib ko’rish hissini, keyin ta’m bilish, keyin hid bilish, undan so’ng ushlab his qilish va oxirida eshitish qobiliyatini yo’qotar ekan.