Kuldiruvchi neyronlar

Kulgu to’xtovsiz taqlid qilinishi mumkin bo’lgan harakat. Ko’pchilik insonlar haqiqiy kulgi bilan yolg’ondakam kulgining farqiga borishmaydi. Aytishlaricha, kulgi – yolg’onchilarning quroli. Ko’p kuladigan inson albatta aldoqchi bo’larkan.

Aslida esa bunaqa emas. O’z hayotidan rozi odamlargina ko’p kulib yurishadi. O’zingizni o’ylang, biror yaxshi hodisa yuz bersa, o’zingizni quvonchdan tiya olmaysiz – ku, to’g’rimi?!

 

Boshqalarga kulib boqing, ular ham albatta sizga kulib qarashadi. Olim Rut Kempbellning ma’lumot berishicha, inson ongida javob qaytaruvchi neyron mavjud. Ya’ni, inson birovning yuzida ko’rgan aksni o’zida ham ifoda etadi. Fan ham qancha kulib yursangiz, atrofdagilar ham sizga shuncha yaxshi munosabatda bo’lishini isbotlagan.

Kuldiruvchi neyronlar

 

Haqiqiy, quvonchli kulgi inson ko’zi atrofida kichkina ajinchalarni yuzaga keltiradi. Haqiqiy bo’lmagan va o’yin bilan ifodalangan kulgi esa lablar atrofidagi ajinga sabab bo’ladi.

 

Rasmga tushayotgan paytda deyarli barchamiz yolg’ondakam kulamiz. Bu faqatgina yanoqlarning cho’zilishiga olib keladi, xolos. Javob qaytaruvchi neyron haqida eslang va chin dildan kuling.