Kubik-rubik dunyodagi eng ko'p sotilgan tovar hisoblanadi

Vengriya haykaltaroshlik va arxitektura o’qituvchisi Erne Rubik 1974 yilda Budapeshtda «Sehrli kub»ning birinchi prototipini ixtiro qilgan. 1980 yilda Amerikaning Seven Towns kompaniyasi o’yinchoqqa bo’lgan huquqni sotib olib, ishlab chiqarishni boshlab yuborgan.

 

Qisqa muddat ichida aql bovar qilmas darajada xalqaro shov-shuvga aylanib ketgan. Ranglar, arzon narx va juda yuqori darajadagi qiyinchilik bilan sevib o’ynaladigan kubik-rubik ko’p yillar davomida eng ko’p sotilgan mahsulotga aylangan.

 

Manba: Aniq.uz