Marhumlar bilan turmush qurish yoxud Xitoydagi «Mingxun» marosimi haqida

Bugungi rivojlangan asrimizda nafaqat ajablantiradigan, balki hayratga soladigan an’analar mavjudligini tasavvur qilish juda qiyin.

 

Albatta, dunyoda hanuzgacha o’zini turli odatlari bilan ajralib turadigan yovvoyi qabilalar va xalqlar mavjud, ammo zamonaviy Xitoyda haqiqatan ham dahshatli marosim borligi ajablanarli.

 

«Mingxun» marosimi

 

Marhumlar bilan turmush qurish yoxud Xitoydagi «Mingxun» marosimi haqida

 

«Mingxun» marosimi yoki marhumlarning to’yi haqida eshitganimda xayron qolgan edim. Bu marosim Xitoyda ko’p asrlardan beri mavjud bo’lib, faqat kommunizm davrida deyarli yo’q bo’lib ketgan. Ammo, xitoyliklar odamni hayratga soladigan ushbu marosimni qayta tikladilar.

 

«Mingxun» ning kichik tarixi

 

Bu marosim marhumlarga uylanish deya ataladi. O’lganlarning to’y nishonlanishining aniq sanasi ma’lum emas, ammo bu mamlakatning kattalar va yosh aholisi orasida aqlga sig’maydigan darajada yuqori o’lim darajasi bo’lgan Samoviy imperiya tarixining uzoq o’tmishidan kelib chiqadi.

 

Ko’pchilik turmush o’rtog’ini topishga, turmush qurishga va oilasini davom ettirishga vaqt topolmay yoki bevaqt o’lib ketadi. O’shanda xitoyliklar marhumning keyingi hayotida baxtli yashashiga yordam beradigan “O’likning to’yi” marosimini tashkil etishadi. Daxshat-a?

 

Xitoyda o’liklar bilan narigi dunyoda hamma narsa er yuzidagi kabi sodir bo’lishiga ishonishadi (tavba qildim): odamlar tug’iladi, ishlaydi, turmushga chiqadi va farzand ko’radi.

 

Marhumlar bilan turmush qurish yoxud Xitoydagi «Mingxun» marosimi haqida

 

Ammo bizningcha, tirik va o’lik xitoyliklar uchun asosiy e’tiborimizni tortgani — bu hali ham nikoh qurish an’anasi. Tasavvur qiling, agar to’satdan kimdir o’lib qolsa, marhumning qarindoshlari turmush qurmagan boshqa bir o’lgan odamni qidirishni boshlaydilar. Ushbu qidiruvlar, albatta, qabristonda, o’lganlar orasida amalga oshiriladi.

 

Bir vaqtlar, hatto, Xitoy hukmdorlari ham ushbu an’anaga amal qilishgan. Misol uchun, milodning 200 yilda Vey qirolligida hukmdor Caoning o’g’li vafot etadi, qirolga yaqinda vafot etgan qizni o’g’lining keyingi hayotidagi kelini sifatida bashorat qilinadi. Keyin qirol o’lgan o’g’ligi marhum bokira qiz bilan unashtirib, to’yini qiladi. Daxshat!

 

Bugungi kunda Xitoyning uzoq chekkalarida «o’liklarning to’ylari» davom etmoqda.

 

O’lganlar uchun nikoh agenti (sovchilari) haqida

 

Xitoy hukumatining roziligi bilan mamlakat hududida nafaqat o’limdan keyin to’ylar bo’lib o’tmoqda, balki agentlar (bizning til bilan aytganda sovchilar. Bu turdagi sovchilar faqat marhum kelin-kuyovni qidiradilar) ham o’lik kelin va kuyovlarni topishda faol ishtirok etmoqda.

 

Marhumlar bilan turmush qurish yoxud Xitoydagi «Mingxun» marosimi haqida

 

Albatta, agentning xizmatlari pulli bo’lib, ba’zida ular 1500 dollarga yetadi, ammo bu kelin yoki kuyovning sifatiga bog’liq: u qanday oilada yashagan, u qanday odam bo’lgan va hokazo. Ammo asosiy narsa uning bo’ydoq bo’lganligidir. Barcha kelishuvlar qarindoshlar va agentlar o’rtasida og’zaki ravishda amalga oshiriladi.

 

Kimdir o’ylashi mumkin — bu yomon ish emas! Axir, Xitoyda oilaviy qonun bilan faqat bitta bola borligini belgilab qo’yganligi sababli, aksariyat o’g’il bolalar tug’iladi, qizlar esa abort qilinadi. Shu munosabat bilan mahalliy aholi uchun nafaqat o’limdan keyin, balki hayot davomida ham kelin topish qiyin. Shuning uchun, topilgan o’lik qiz yoki turmushga chiqmagan qiz juda qimmat natija deb hisoblanadi.

 

Xo’sh, har doimgidek, bu biznesda halol agentlardan tashqari firibgarlar ham shug’ullanishadi, ular qabrlardan jasadlarni qazib olishdan yoki o’likxonalardan jasadlarni o’g’irlash va sotish bilan shug’ullanishadi.

 

Ammo eng yomoni shundaki, firibgarlar nafaqat qabrlarni o’g’irlaydilar, Xitoyda yaxshi fazilatli qizlarni o’ldirish va “o’lik kelin” sifatida sotish holatlari ham qayd etilgan ekan.

Juftliklar topilganda, to’liq qonuniy nikoh marosimi bo’lib o’tadi. Kunning birinchi yarmida quvnoq to’y qo’shiqlari, ikkinchi qismi narigi dunyoga yuborish marosimi – motam bo’ladi!

Bunday dahshatli marosim sababli Samoviy imperiya qayta tiklandi deb ishoniladi. Ehtimol, xitoyliklar uchun ularning mentaliteti va dunyoqarashi bilan bu odatiy holdir va marhumga turmush o’rtog’ini topish marosimi ularga yo’qotish qayg’usini engishga yordam berar. Ammo biz uchun bu aqlga sig’mas darajadagi vaxshiylikdir.

 

Inson zoti o’liklarni to’y qilishiga va nikoh qurishini quvonch bilan qarshilashini o’ylashning o’zi daxshatdir!

 

Manba:  @etnosuz