Emular bilan urush

Birinchi jahon urushidan so’ng Avstraliya Emu tuyaqushlariga qarshi urush e’lon qilgan (1932). Chunki ular hosilning katta qismini yeb ketardi. Avstraliya hukumati Lyuis avtomatlari bilan qurollangan askarlarni va mashhur generalni yuboradi.

 

Emularga hujum qilishga ikki marta urunish yuz bergan. Birinchi kuni 10 000 ta o’q otish bo’lgan va atigi 9 ta emu o’ldirilgan. Ikkinchi martasida ular ikkita pulemyotni yuk mashinalariga o’rnatishgan va ularni tunda yo’q qilishga harakat qilishgan. Ikkita urinish ham muvaffaqiyatsiz yakun topadi.

 

Bir hujjatli filmda «emular intellekti va ularning strategik fikrlashi Avstraliya qurolli kuchlaridan ustun keldi» deb aytiladi.

 

Manba: Suratdagi tarix