Krishtianu Ronaldu – tirik afsona

Hopper HQ kompaniyasi Instagram’da reklama qilish orqali eng ko’p pul topadigan yulduzlar ro’yxatini tuzib chiqdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

2021 yilda reytingga futbolchi Krishtianu Ronaldu yetakchilik qilgan. Uning ijtimoiy tarmoqdagi bitta posti 1,6 million dollarni tashkil etadi. Ma’lumki, u so’nggi bir necha yildan buyon ushbu ro’yxatning dastlabki uchtaligidan o’rin olib kelmoqda. Instagram’da Ronalduning obunachilari soni 295 millionni tashkil etadi.

Ikkinchi o’rinni 2020 yilda reytingning yuqori pog’onasini band etgan aktyor Dueyn Jonson egallagan. Uning obunachilari soni 242 millionga yetadi va ijtimoiy tarmoqdagi bitta reklamasi narxi 1,5 million dollarga teng.

Uchinchi pog’ona esa qo’shiqchi Ariana Grandega nasib etgan. Obunachilari soni 240 millionni tashkil etadigan qo’shiqchining sahifasidagi bitta reklama narxi 1,5 million dollar.

Instagram’dagi eng boy yulduzlar ro’yxati:

Krishtianu Ronaldu (242 million obunachi) — 1,6 million dollar;
Dueyn Jonson (240 million obunachi) — 1,5 million dollar;
Ariana Grande (240 million obunachi) — 1,5 million dollar;
Kayli Jenner (237 million obunachi) — 1,4 million dollar;
Selena Gomes (233 million obunachi) — 1,4 million dollar;
Kim Kardashyan (225 million obunachi) — 1,4 million dollar;
Lionel Messi (215 million obunachi) — 1,1 million dollar;
Beyonse (182 million obunachi) — 1,1 million dollar;
Jastin Biber (176 million obunachi) — 1,1 million dollar;
Kendall Jenner (167 million obunachi) — 1 million dollar.
Avvalroq amerikalik qo’shiqchi Rianna sayyoradagi eng boy musiqachi ayol deya tan olingani to’g’risida xabar berilgandi.