KUN KULGISI !!!

70 ga kirgan ammamga telefon qildim:
— Tashqariga chiqmang-a amma!
— Yo’q, chiqmayapman.
— Nima qilyapsiz?
— O’tiribmiz, qo’shnilar o’zlari kirishdi. Zumrad xolang, Holida xolang bor yana 3-4 tasi gaplashib o’tiribmiz.
— E, amma kasal yuqadi. To’planish kerakmas. Nimaga unaqa qilasizlar amma?
— Havotir olma jiyan. Bitta maska olvoganmiz. Kim gapirsa, o’sha taqib gapiryapti.