Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk o’lkasida ishlash imkoniyati cheklanib, murakkab vaziyatda qolganligi sababli www.birgamiz.com platformasi orqali murojaat yo’llagan Sirdaryo viloyatidan V.G va uning farzandi Xalqaro migratsiya tashkilot (XMT)ning mablag’lari hisobidan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ko’magida O’zbekistonga olib kelindi. Bu haqda agentlikning rasmiy kanalida ma’lum qilindi.
Moliyaviy murakkab vaziyatda qolgan fuqaroni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va XMT mas’ul xodimlari kutib oldi. Fuqaro yashash manziliga kuzatildi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunga qadar XMT mablag’lari hisobidan 112 nafar fuqaro Vatanga qaytarildi.
Izohlarni ko`rish