***
Tiqilinch avtobusga o’rta yashar erkak chiqib baqira boshladi.
— Akvarium ko’targan odamni o’tkazib yuboringlar!
Yo’lovchilardan biri hayron bo’lib so’radi:
— Qanaqa akvarium? Qo’lingizda hech vaqo yo’q-ku!
— Ie, bu nima deganing? Yaqinda besh litr pivo ichganman. Shuning o’zi akvariumdan kammi?
***
Polk komandiri rota komandirini chaqirib dedi:
— Oddiy askar Toshmatovning otasi olamdan o’tibdi. Lekin unga sekin, muloyim ohangda yetkazing!
— Xo’p bo’ladi!
Rota komandiri kazarmaga kelib askarlarni safga turg’azdi-da, dedi:
— Kimning otasi hayot bo’lsa, bir qadam oldinga chiqsin! Toshmatov, sen qayoqqa?
***
Jinni jinniga dedi:
— Men vaqtni to’xtatib qo’yishni bilaman.
— Qanday qilib?
— Soatning batareykasini olib qo’ysam bas, to’xtaydi.
***
Vrach bemorga djedi:
— Siz xotirjam yashashingiz lozim. Undan keyin kechirimli bo’lishingiz talab etiladi.
— Hammani kechirishim mumkin. Ammo boshlig’imni kechira olmayman.
— Nega?
— U o’tgan oyda maoshimni qirqib tashladi.
***
Erkak do’stidan so’radi:
— Nega seni ayollar yaxshi ko’radi?
— Chunki men aqlli, sahiy va kelishgan yigitman.
— Nega birontasiga uylana qolmaysan?
— Aytdim-ku aqlliman deb!
***
Qadimiy ingliz qo’rg’onida ziyofat bo’lyapti. Mehmonlardan biri qo’rg’onning orqa tarafiga o’tib uyoqdan buyoqqa yugura boshladi. Shunda oldidan arvoh chiqib qolib dedi:
— Hoy, men bu yerda to’rt yuz yildan beri yashayman. Hali hech kim meni senchalik bezovta qilmagandi.
Mehmon xursand bo’lib ketib dedi:
— Sizni uchratganim yaxshi bo’ldi. Shuncha vaqtdan beri yashasangiz, ayting, hojatxona qaerda?
***
Psixiatr bemordan so’radi:
— Nimadan shikoyatingiz bor?
— Qachon qarasa, meni kimdir kuzatayotgandek bo’laveradi.
— Qachon boshlandi?
— Turmadan qochganimdan so’ng.
***
Sog’ayib uyiga ketish arafasida turgan jinnidan vrach yana bir karra tekshirib olish niyatida so’radi:
— Agar bir qulog’ingni kesishsa, ko’ra olasanmi?
— Ha.
— Ikkala qulog’ingniyam kesib tashlashsa-chi?
— Yo’q.
— Nega?
— Qalpog’im pastga tushib ko’zlarimni to’sib qo’yadi.
***
Tong. Xotin kosaga bo’tqa solib o’g’ilchasining ro’parasiga qo’ydi. Ammo bolakay ovqat yeyishni istamayapti. Rosa avradi. Foydasi bo’lmadi. Shu payt ota sekin o’g’ilchaning qulog’iga shivirlagandi, u shoshib qo’liga qoshiqni oldi-da, ovqatlanishga tushib ketdi.
Xotin:
— Voy, nima dedingizki, bolamiz darrov ovqat yeyishga tushdi?
— Men unga: “Ovqat yemaganlar katta bo’lganda xotinchalish bo’lib qoladi” dedim.
Xotin qo’lidagi qoshiq bilan erining boshiga tushirdi.
Er:
— Nimaga urasan meni?
— Bolaligingizda bo’tqa yemaganingiz uchun!