image0

O‘zgidromet 25-27 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, 25-26 yanvarda kunduzi 7-12 daraja iliq, 27 yanvar 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida harorat  kechasi 5-10 daraja  sovuq, 25 va 27 yanvar kunlari kunduzi 0-5 daraja  iliq, 26 yanvar 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 26-27 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq- 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 yanvarda kechasi 1-6 daraja sovuq, 26-27 yanvarda 2 daraja sovuq- 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 26 yanvar kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 27 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq- 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq- 3 daraja iliq, 26-27 yanvar kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.