1. Kiyik bolasi tug’ilganiga bir necha soat bo’lgach, yugura boshlaydi. Ona sutini atigi 1 oylikkachagina emadi.
2. Dunyodagi eng jajji kiyiklar suv kiyiklari deb ataladi. Ularning vazni 10-15 kilogramm atrofida bo’ladi xolos. Eng yirik kiyiklar vazni esa uch sentnerdan oshadi.
3. Kiyiklar har yili bir marta shox tashlaydi. Shoxi bir nechta himoya to’qimalaridan iborat. Shox orasidan qon tomirlar ham o’tgan. Bu qon tomirlar kiyikni eng zarur mikroelementlar bilan ta’minlab turadi.
4. Hozirgi paytda kiyik go’shti dunyoning ko’plab davlatlarida sotilmoqda. Kiyik go’shti mol, qo’y go’shtiga nisbatan bir necha barobar to’yimliroq. Shoxidan esa dori-darmonlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
5. Bundan 7, 5 ming yil oldin kiyik shoxi diametri 3, 6 metrga teng bo’lgan.
6. Shimol kiyiklarining nafaqat erkaklari, balki urg’ochilari ham shoxdor.
7. Kiyik suti tarkibida yog’ miqdori 20 foizni tashkil etadi.
8. Kiyikning ko’zlari yil fasllariga qarab rangini o’zgartira boradi.
9. Shimolda yashovchi kiyiklar kayf beruvchi qo’ziqorin (muxomor) bilan oziqlanadi.
10. Kiyiklarda nikoh mavsumi apreldan noyabr oyiga qadar davom etadi. Bu mavsumda erkak kiyiklar bir-biri bilan shoxlashish musobaqasini boshlaydi. Ayrim hollarda shoxlashish kiyiklardan birining o’limiga ham sabab bo’ladi. Agar bu fojia yuz bermasa, musobaqada raqibini qochishga majbur etgan kiyik erkagi mo’ljaldagi urg’ochiga egalik qiladi.
11. Zo’ravon hisoblangan kiyik erkagi 20 tagacha urg’ochiga egalik qila oladi. Buni ham oddiy qilib kiyik urg’ochilari harami deb atash to’g’riroq bo’ladi.
12. Ovqat tanqis bo’lgan paytlarda kiyik organizmidagi metabolizm sekinlashadi. Yuragi ham juda sekin ura boshlaydi. Bu kiyikning tana harorati zarur darajada bo’lishini ham ta’minlaydi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Aka kiyikni bolasini nima deydi