BI-IR KULIShMAYMIZMI, BRAT?..

 

 

* * *

 

Xotin erini quchib erkalandi va dedi:

— Jonim, sizni shunchalar sevamanki… Hozir sizning eng sevimli narsangizni hadya qilaman, kela qoling!

— Rostdanmi? Ura-a-a-a!!! Bugun kartoshkali somsa yerkanma-an!!!

 

* * *

 

Chukchaga qorda harakatlanadigan zamonaviy mashina sovg’a qilishdi. Undan so’rashdi:

— Xo’sh, mashina yoqdimi?

— Yoqdi, ammo itlarim negadir juda tez charchab qolishyapti.

 

* * *

 

Piyonista do’konga kirib sotuvchidan so’radi:

— Sizlarda boks qo’lqopi bormi?

— Yo’q.

— Suzish shapkachasi-chi?

— Yo’q.

— Chang’i bordir hech bo’lmasa?

— Og’ayni, bu do’konda faqat ichkiliklar sotiladi.

— Unda bir shisha ichkilik bering!

Ichkilikni qo’liga olgach, asta nari ketdi-da, shivirladi:

— Xudoyim, mana, o’zing sport bilan chin ko’ngildan shug’ullanishga uringanimni ko’rding! Do’konda birontayam sport anjomi yo’g’akan. Endi men osiy bandangni kechirmasang bo’lmaydi, xudoyim!

 

* * *

 

Er-xotin ko’chada sayr qilib yurishgandi. Xotin qarama-qarshi tarafdan yangi ko’ylakda kelayotgan dugonasini ko’rib qolib erini turtdi.

— Menga qarang, hozir dugonam yaqin kelsa, bir ko’ylagini maqtab qo’ying!

— Nega? Dugonangni xursand qilmoqchimisan?

— Yo’q, yaqinda unga «Erimning didi yaxshi emas» degandim.

 

* * *

 

— Xotinjon, tushimda ikkalamiz begona shaharda yurganmishmiz-u, kutilmaganda seni yo’qotib qo’yibman. Shunaqangi siqildim-ki…

— Keyin topdingizmi meni?

— Ie, qidirsam topaman-da!

 

* * *

 

Ayol hayvonot bog’ida yurib tuyaqushlar bilan qiziqib qoldi va bog’ xodimidan so’radi:

— Ayting-chi, tuyaqush ham pat tashlaydimi?

— Ha, yerda yuz dollar yotganini ko’rsa, shu zahoti pat tashlavoradi.

 

* * *

 

— Og’ayni, bolalikdagi orzularingning birontasi ushaldimi?

— Ha, bittasi ushaldi.

— Qaysisi?

— Bolaligimda otam sochlarimdan tortib kaltaklasa, doimo kal bo’lib qolishni orzulardim.

 

* * *

 

Harbiyning xotini eridan so’radi:

— Nega menga uylangansiz?

— Sen bir paytlar o’tkir nigohlaring bilan menga bir o’q otgansan. Men ana o’sha o’qni qanday bo’lmasin zararsizlantirish niyatiga tushib qolganman.

 

* * *

 

Pingvin bolasi barga kirib sotuvchidan so’radi:

— Dadamni ko’rmadingizmi?

— Yo’q, ko’rinishi qanaqaydi?

 

* * *

 

Ona kenguru bolasini urishayapti:

— Men senga karavotda ovqatlanishni ko’rsatib qo’yaman!