Kino tarixidagi eng mashhur komik aktyor Charli Chaplin shunday hikoya qiladi…

Bolaligimda otam bilan sirk ko’rgani borgandik. Chipta olish maqsadida navbatga turdik. Oldimizda er-xotin va ularning olti bolasi turardi. Bolalarning kiyimlari eskirib ketgan, lekin ozoda edi. Ular juda xursand holda sirk haqida gaplashishardi.
Navbatlari kelgach, ota oyna yoniga borib, chipta narxini so’radi. Narxni eshitgach, biroz tisarilib, xotiniga pichirlab nimadir dedi. Uning yuzida bezovtalik alomatlari yaqqol sezilib turardi.
Shu payt otam cho’ntagidan 20 dollarni olib, yerga otdi va egilib, uni oldi-da, pulni haligi kishining kaftiga qo’ydi va “pulingiz tushib ketdi”, dedi.
Haligi odam ko’zlarida yosh bilan, “rahmat, janob”, dedi.
Ular tomosha zaliga kirib ketganidan so’ng otam qo’limdan tortdi va biz tashqariga chiqib ketdik.
Chunki otamning o’sha odamga bergan 20 dollaridan boshqa puli yo’q edi.
O’sha kundan buyon otam bilan faxrlanaman. Butun hayotimdagi eng go’zal manzara mana shu bo’lgandi. Bu holat o’sha ko’rolmay qolganim sirk tomoshasidan ham chiroyliroq edi.
Tarbiya nazorat bilan emas, ibrat bilan bo’lishiga ko’proq amin bo’ldim!

 

Manba: @etnosuz