1877- yilda Tomas Edison Pitsburg telegraf kompaniyasi prezidentiga xat yozadi va unda telefondagi muloqotni boshlash uchun eng yaxshi so’z «hello» ekanligini ta’kidlaydi. Keyinchalik esa aynan shu so’z telefon suhbatini boshlovchi bo’lib tarqaldi. (Ma’lumot uchun bu so’z ingliz tilida oldin unchalik mashhur bo’lmagan. Salomlashish ko’rinishida aynan telefon ixtiro qilingandan keyin ommalashgan) «Hello» so’zi fransuzchada «Allô» ( o’qilishi [alu] ) deb talaffuz qilina boshladi. Fransiyadan Rossiyaga yetib kelganda «Allo» ko’rinishini oldi. Rossiyadan bizning yurtlarga kelganda esa o’zbeklashib «Alyo» bo’lib ketdi.
Izohlarni ko`rish