Kimga aza, kimga to'y?..

«Reddit» foydalanuvchilaridan biri koronavirus uning hayotida yuz bergan eng yaxshi hodisa ekanligini yozib qoldirgan. O’zining tashqi ko’rinishni xunuk deb bilgan erkakning tan olishicha, koronavirus tufayli niqob taqa boshlaganidan buyon u o’zining beo’xshov tashqi qiyofasidan uyalmay qo’ygan.

«Xunuk yuzimga niqob taqib yurganimdan qanchalik baxtli ekanimni so’z bilan ifodalab berolmayman. Odamlar orasida o’zimni ancha dadil his qilyapman, bunaqasi avval sira bo’lmagan. Men hatto chiroyli qiz bilan salomlashyapman, u esa menga javob qaytaryapti, chunki mening badbasharaligimni ko’rmaydi-da», deb yozadi erkak. Shuningdek, «Reddit» foydalanuvchisi niqob sababli hayoti butunlay o’zgarib ketgani bois umrining oxirigacha niqob taqib yurishga tayyorligini aytmoqda.

Aprel oyida «Reddit»ning amerikalik foydalanuvchilaridan biri ham koronavirusni hayotidagi eng yaxshi hodisalardan biri sifatida atab, pandemiya tufayli orzusidagi ishga joylashganini ma’lum qilgan edi.

Nima ham derdik, axir «Kimga aza, kimga to’y?» deb bejizga aytishmagan.

loading…