Bu qiziq

Kim bo’lsam ham, qaerda tug’ilsam ham, rafiqam yonimda bo’lsa bo’lgani

Комментариев нет

1890-yillarning oxirlarida Detroytdagi elektr kompaniyasi haftasiga 11 dollar evaziga yosh mexanikni ishga yolladi. U kuniga 10 soat ishlar va uyga qaytgach, tongga qadar molxonada yangi turdagi dvigatelni ixtiro qilishga urinar edi.
Otasi unga vaqtini behuda o’tkazayotganini aytsa, qo’shnilar bu yigitning aqldan ozgani haqida mish-mish tarqatishardi. Xotinidan bo’lak hamma uning bu urinishlarning natijasiga shubha bilan qarar edi.
Yolg’iz ayoli uning g’oyasiga ishondi, kechalari soatlab davom etgan tajriba ishlarida tepasida kerosin lampasini ko’targancha ishlashiga yordam berdi. Uning qo’llari ko’karib ketar, oyoqlari tolar, sovuqdan tishlari takillar, lekin erining yonidan jilmas edi. … U eriga juda ishonardi!
Yillar o’tdi. Bir kuni ombordan noodatiy shovqin eshitildi va otsiz aravada ketayotgan telba va uning rafiqasini ko’rgan qo’shnilar aqldan ozay deb qoldilar. Temir aravadagi Genri Ford va uning rafiqasi edi.
Bir necha yillardan so’ng keksayib qolgan Genri Fordga jurnalist savol berdi: «Qayta tug’ilsangiz, kim bo’lishni xohlar edingiz?»
Genri Ford jilmaydi va soddagina javob qaytardi: «Kim bo’lsam ham, qaerda tug’ilsam ham, rafiqam yonimda bo’lsa bo’lgani …»

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Заполните поле
Заполните поле
Пожалуйста, введите корректный адрес email.

Xivaning «Ichan qal’a» muzeyidan qadimiy quduq topildi
Saudiya Arabistonida qurol bilan raqsga tushish an’anasi (video)
Меню